Bosh sahifa/Advokatlar/Blog postlar
Advokat KeraK
Fuqarolik huquqi

MIBdan qarzdorlikni to‘lamasa nima bo‘ladi? 🤔

Muallif: Advokat Azizbek Boydedayev23-noy, 20266
MIBdan qarzdorlikni to‘lamasa nima bo‘ladi? 🤔
Ko‘pchilik o‘ylaydi: "To‘lamasam, o‘zi unutiladi, esidan chiqadi".Yo‘q. MIB unutmaydi. Qonun esa kutib o‘tirmaydi.

MIBga ish tushgandan keyin qarzdorga ixtiyoriy to‘lash uchun muddat beriladi. Shu muddatda to‘lanmasa, keyin quyidagilar boshlanadi:1. Hisobingizga blok qo‘yiladi Oylik, kartadagi pul, bankdagi hisobingizdan qarz avtomatik tarzda ushlab qolinadi.2. Mulkingiz xatlanadi Mashina, uy, telefon — hammasi xatlanib, qarzni qoplash uchun sotilishi mumkin.3. Chetga chiqish va haydovchilik guvohnomasi cheklanadi Qarz to‘lanmaguncha chet elga chiqish taqiqlanadi. Aliment qarzi bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasidan foydalanish ham cheklanishi mumkin.4. Jarima + ijro yig‘imi qo‘shiladi Qarzning ustiga yana MIBning ijro yig‘imi va jarima qo‘shiladi. Yaʼni qarzingiz yana kattalashadi.5. Eng og‘iri — maʼmuriy va jinoiy javobgarlik Alimentni atayin to‘lamasa — 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq. Uzoq vaqt yashirinib, to‘lashdan bo‘yin tovlasa — jinoiy ish ochilishi mumkin. Bugunning o‘zida Samarqandda 85,5 mln so‘m aliment qarzi bo‘lgan fuqaroga 15 sutka qamoq berildi. Boshqa bir holatda 245,9 mln so‘m qarzdor qidiruv orqali topilib, hujjatlar sudga yuborildi.Xulosa: MIBdan qochib bo‘lmaydi. Qochish — qarzni ko‘paytiradi, xolos.Agar sizda MIBda qarzdorlik bo‘lsa va uni qanday qonuniy yo‘l bilan bo‘lib to‘lash yoki kamaytirishni bilmasangiz — yozing.Qarzni to‘lashdan qochish emas, uni to‘g‘ri hal qilish kerak.Sizda yoki tanishingizda MIBda qarzdorlik bormi? Izohda "MIB" deb yozing, nima qilish kerakligini tushuntirib beraman. 👇#МИБ #қарздорлик #алимент #адвокат #юрист #Ўзбекистон #қонун #АзизбекБойдедаев

Ushbu blog post advokatning shaxsiy fikri bo'lib, umumiy ma'lumot uchun. Aniq holat bo'yicha advokat bilan bevosita maslahatlashing.
Barcha blog postlarAdvokat profilini ochish →