Aliment to‘lanmasa nima bo‘ladi? Ko‘pchilik bilmaydigan 3 ta oqibat

Ko‘p otalar «pulim yo‘q» deb aliment to‘lamaydi. Lekin qonun buni qabul qilmaydi. Agar siz 2 oydan ortiq aliment to‘lamasangiz, sizga nisbatan quyidagi choralar ko‘riladi:1. Qarzdorlik yig‘iladi. To‘lanmagan har bir oy qarz bo‘lib yoziladi. Keyinchalik bu qarzni baribir to‘lashga majbur bo‘lasiz. Qarzdan qutulib bo‘lmaydi.2. Haydovchilik guvohnomasi va chetga chiqish cheklanadi. Aliment qarzingiz bo‘lsa, MIB sizni chet elga chiqishdan cheklashi, haydovchilik huquqingizni vaqtincha to‘xtatishi mumkin.3. Jinoiy javobgarlikkacha borishi mumkin. Agar qasddan, uzoq vaqt to‘lamasangiz — maʼmuriy, keyin jinoiy javobgarlik ham bor. Buni ko‘pchilik jiddiy qabul qilmaydi, lekin amaliyotda bor. Savolingiz bormi? Kommentariyada yozing yoki shaxsiy xabarda murojaat qiling. Onlayn konsultatsiya orqali vaziyangizni ko‘rib chiqib, aniq yo‘l ko‘rsataman.