Главная/Адвокаты/Блог-посты
Advokat KeraK
Другое

Advokat kafolat bermaydi.

Автор: Гулмира Олимовна1 нояб. 202640
Advokat kafolat bermaydi.
Advokatdan mo‘jiza yoki "100 foizlik kafolat" kutiş — huquqiy savodxonlikning yetişmasligidan dalolat beradi. Professional advokat sizga yolg‘on umid bermaydi, balki vaziyatni boriça tahlil qilib, qonun doirasidagi eng to‘g‘ri strategiyani taklif qiladi.

Nega advokat ish natijasi uchun javobgar emas?

Ko‘pchilik advokatni noto‘g‘ri tushunadi. Go‘yoki u sudyaga ta’sir qiladi, ishni yutib beradi, kerak bo‘lsa, natijani kafolatlaydi. Aslida esa unday emas.Advokat sudda sizning huquqingizni himoya qiladi, lekin qarorni chiqaradigan — sudya. Prokuror ayblov beradi, guvohlar ko‘rsatma beradi. Advokat bu jarayonlarga rahbarlik qila olmaydi, u faqat qonun doirasida sizga yordam beradi.Ish natijasi ko‘p omillarga bog‘liq: dalil kuchlimi, guvoh kimni yoqlayapti, tergov to‘g‘ri olib borilganmi — bularning barchasi ta’sir qiladi. Eng yaxshi advokat ham, agar asoslar kuchsiz bo‘lsa, ishni o‘zgartira olmaydi.Advokat kafolat bermaydi. Kafolat degani — adolatdan umid uzib, aldov izlash degani. Bunday yondashuv tizimni buzadi, jamiyatda ishonchni yemiradi.To‘g‘ri yondashuv shuki: mijoz haqiqatni yashirmaydi, advokat qonun asosida harakat qiladi, sud esa mustaqil qaror chiqaradi. Shunda natija adolatli bo‘ladi.Advokat yutib bermaydi, u faqat himoya qiladi. Qarorni sud chiqaradi, kafolat emas, imkon kuting.

Блог-пост отражает личное мнение адвоката и носит общий информационный характер. По конкретной ситуации проконсультируйтесь с адвокатом напрямую.
Все блог-постыОткрыть профиль адвоката →