Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish..

Pedagogning vazifasi — o‘qitish va bilim berish!
So‘nggi paytlarda o‘qituvchilarni o‘z kasbiy faoliyatidan tashqari ishlarga — ko‘cha tozalash, obodonlashtirish yoki boshqa jismoniy mehnatga jalb qilish holatlari tez-tez muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bunday qo‘shimcha vazifalarni yuklash milliy qonunchiligimizga mutlaqo ziddir: • Konstitutsiyaviy huquq: Bosh qonunimizga ko‘ra, mamlakatda majburiy mehnat taqiqlanadi. • Mehnat kodeksi talablari: Har bir xodim faqat o‘z mehnat shartnomasi va lavozim yo‘riqnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarishi lozim. Insonni uning roziligisiz yoki kasbiga aloqasi bo‘lmagan ishga majburlash qonuniy asosga ega emas. Bundan tashqari, bunday holatlar xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy jurnalistlar eʼtiboridan chetda qolmaydi. O‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishi xalqaro hamjamiyatda salbiy talqin qilinishi va davlatimiz obro‘siga putur yetkazishi mumkin. ℹ️ Siz bu masalada nima deb o‘ylaysiz? Sizning maktabingizda ham shunday holatlar kuzatiladimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. ⚖️ Адвокат Г. Олимовна