PREZIDENT SELEKTOR YIGILISHIDAN

Kecha Prezidentimiz utkazgan selektor yigilishida tibbiyot xodimlari uchun katta imtiyoz va ustamalar eʼlon kilindi. Ularni birma-bir tushuntirib beraman, Eng katta yangilik — tibbiyot talabalari uchun. 2027 yildan boshlab rezidentura mutlako bepul buladi. Bundan tashkari, xar bir talabaga xar oyda Z million sumdan stipendiya tulab beriladi Tajribali shifokorlar uchun: — kelasi yildan 15 yildan ortik soxada ishlagan xodimlar uchun kredit mablagini koplashga byudjetdan 50 milliard sum ajratiladi. Bu bilan 1000 nafardan ortik shifokor yangi uiga kirishi mumkin buladi. Yosh kadrlar uchun— kelasi yildan xar yili 500 nafar tibbiyot xodimiga ipoteka kreditining boshlangich tulovini 25 foizini davlat koplab beradi — birinchi marta ishga kirgan shifokorlarga 50 million sum ragbat puli tulanadi. Xorijdagi tajribali vatandosh shifokorlarni jalb kilish: — ularni Uzbekistonga kaytarish uchun oyligiga kushimcha ravishda 50 million sumgacha ustama tulanadi. Maksad — sifatli tibbiy xizmatni shu yerning uzida kursatish, toki xalkimiz davolanish uchun chet elga ovora bulib yurmasin Chekka xudud shifokorlari uchun: — kelasi yildan oylik ustamasi 2 milliondan 4,5 million sumgacha oshiriladi.