Bosh sahifa/Advokatlar/Blog postlar
Advokat KeraK
Fuqarolik huquqi

ALIMENT TO‘LOVCHI ISHLAMASA, ALIMENT TO‘LASHDAN OZOD BO‘LADIMI?

Muallif: Abdulaziz Ikromov19-noy, 202614
ALIMENT TO‘LOVCHI ISHLAMASA, ALIMENT TO‘LASHDAN OZOD BO‘LADIMI?
Ishsiz ota yoki ona aliment to‘lashdan ozod bo‘ladimi? Aliment miqdori, qatʼiy pul summasida undirish, ishsizlik davrida aliment qarzini hisoblash va bolaning taʼminot olish huquqi qonunchilik asosida tahlil qilinadi.

⚖️ ISHSIZLIK ALIMENT TO‘LASHDAN OZOD QILADIMI?

❗ Amaliyotda ayrim ota-onalar «Men hech qayerda ishlamayman, rasmiy daromadim yo‘q, shuning uchun aliment to‘lamayman», degan vajlarni keltirishadi.

Xo‘sh, bunday vaj qonuniy asosga egami?

📖 QONUN NIMA DEYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasiga muvofiq, ota-ona o‘zining voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart.

Demak, rasmiy ish joyining mavjud emasligi ota-onani bolani taʼminlash majburiyatidan o‘z-o‘zidan ozod qilmaydi.

🔎 ALIMENT MIQDORI QANDAY BELGILANADI?

Oila kodeksining 99-moddasiga asosan, kelishuv bo‘lmaganda aliment, qoida tariqasida, har oylik ish haqi va boshqa daromaddan:

✅ Bir nafar bola uchun — 1/4 qism;

✅ Ikki nafar bola uchun — 1/3 qism;

✅ Uch va undan ortiq bola uchun — 1/2 qism miqdorida undiriladi.

Sud taraflarning moddiy, oilaviy ahvoli va boshqa eʼtiborga loyiq holatlarni hisobga olib, ushbu miqdorlarni o‘zgartirishi mumkin.

⚖️ АГАР ОТА ЁКИ ОНА УМУМАН ИШЛАМАСА-ЧИ?

Oila kodeksining 102-moddasiga muvofiq, aliment to‘lovchi rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, aliment har oyda to‘lanadigan qatʼiy pul summasida belgilanishi mumkin.

🚨 ALIMENT QARZI QANDAY HISOBLANADI?

Oila kodeksining 140-moddasiga muvofiq, aliment to‘lovchi tegishli davrda ishlamagan yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, aliment qarzi qonunda belgilangan hollarda O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori asosida hisoblanadi.

📌 ADVOKAT TAVSIYASI

Aliment undirishda bolaning qonuniy manfaatlari, qarzdorning daromadlari, mavjud sud hujjatlari va ijro ishi materiallari kompleks tahlil qilinishi lozim.

Aliment to‘lamaslik uchun ishsizlikni bahona qilish har doim ham qonuniy yechim emas.

📚 HUQUQIY ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 99, 102 va 140-moddalari.

👨⚖️ ADVOKAT IKROMOV ABDULAZIZ

⚖️ «HUQUQIY HIMOYa» ADVOKATLIK BYUROSI

📲 Telegram: @Abu1292

BOLANING TAʼMINOT OLISh HUQUQI — OTA-ONANING QONUNIY MAJBURIYATI!

#Алимент #ФуқароликҲуқуқи #Адвокат #ОилаҲуқуқи #ҲуқуқийҲимоя

Ushbu blog post advokatning shaxsiy fikri bo'lib, umumiy ma'lumot uchun. Aniq holat bo'yicha advokat bilan bevosita maslahatlashing.
Barcha blog postlarAdvokat profilini ochish →