Главная/Адвокаты/Блог-посты
Advokat KeraK
Экономическое право

Банк тугатувчиси ва суд бошкарувчиси

Автор: Азамат Оллаберганов2 нояб. 202621
Банк тугатувчиси ва суд бошкарувчиси
Bank tugatuvchisi va sud boshqaruvchisi bir xil subyektmi?

Bank tugatuvchisi va sud boshqaruvchisi bir xil subyektmi?

Yo‘q. Ular turli tartibda tayinlanadigan va alohida huquqiy maqomga ega subyektlardir.

Tugatuvchi — bankni suddan tashqari tartibda tugatish uchun Markaziy bank tomonidan tayinlanadi.

Sud boshqaruvchisi — bankni bankrot deb topish va sud tartibida tugatish jarayonida sud tomonidan tayinlanadi.

1070-son Qonunning 62-moddasiga ko‘ra, bankni bankrot deb topish va tugatishga doir sud ish yurituvi boshlangan paytdan Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatuvchining vakolatlari hamda Markaziy bankning suddan tashqari tugatishga doir vakolatlari tugaydi.

Shundan so‘ng bankni tugatish bilan bog‘liq vazifalar sud boshqaruvchisi tomonidan “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonunning maxsus normalari hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi.

1070-son Qonunning 69-moddasiga muvofiq, Markaziy bank bankni suddan tashqari tartibda tugatish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Блог-пост отражает личное мнение адвоката и носит общий информационный характер. По конкретной ситуации проконсультируйтесь с адвокатом напрямую.
Все блог-постыОткрыть профиль адвоката →