Tilxat asosida karzdorlikni undirish

Agar qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasida tilxat tuzilmagan bo‘lsa, qarzdorlikni undirish masalasi mavjud dalillarga qarab hal qilinadi. Jumladan, bank orqali pul o‘tkazilganligi, SMS va Telegram yozishmalari, qarzdorning qarzni qaytarishga va’da bergan xabarlari hamda qarzni qisman qaytarganligini tasdiqlovchi hujjatlar sudda ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘rtasidagi qarz summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga rioya qilinmaganligi qarzni undirishni avtomatik ravishda imkonsiz qilmaydi, biroq qonunda nazarda tutilgan hollarda faqat guvohlarning ko‘rsatmalariga tayanish cheklanadi.
Shu sababli, tilxat mavjud bo‘lmagan taqdirda ham, qarz beruvchi o‘zidagi dalillarni to‘plab, qarzdorning yashash joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin. Sud taqdim etilgan dalillarni har tomonlama baholab, qarzdorlikni undirish uchun huquqiy asoslar mavjudligini aniqlaydi.