Главная/Адвокаты/Блог-посты
Advokat KeraK
Уголовное право

SIZ QOʻLGA OLINDINGIZ- nima qilish kerak?

Автор: Имонжон Юлчибаев21 окт. 202620
SIZ QOʻLGA OLINDINGIZ- nima qilish kerak?
Jinoyat yoki huquqbuzarlik yuzasidan ushlangan har bir kishi sukut saqlash va advokat xizmatidan foydalanish huquqiga ega. Bu maqolada dastlabki soatlarda qilinadigan eng muhim qadamlar va keng tarqalgan xatolar haqida qisqacha yozilgan.

Ushlanganda birinchi soatlar ishning keyingi yo'nalishini ko'p jihatdan belgilaydi. Quyidagilarni yodda tuting:

1. Sukut saqlash huquqi. Siz o'zingizga qarshi ko'rsatma berishga majbur emassiz. Gapirishdan oldin advokat bilan maslahatlashing. 2. Advokat talab qiling. Advokat ishtirokisiz so'roqqa rozilik bermang. Advokatingiz bo'lmasa, uni ajratib berishni so'rang. 3. Hujjatlarni o'qimay imzolamang. Bayonnoma va tushuntirish xatini oxirigacha o'qing, e'tirozingiz bo'lsa yozib qoldiring va nusxasini oling. 4. Huquqlaringiz tushuntirilganini tekshiring. Ular sizga to'liq tushuntirilishi kerak. 5. Yaqinlaringizga xabar bering.

Eng ko'p uchraydigan xato: "hammasini tushuntirsam, qo'yib yuborishadi" deb o'ylab, advokatsiz ko'p gapirish. Aytilgan har bir so'z keyinchalik sizga qarshi dalilga aylanishi mumkin.

Advokat himoya ostidagi shaxs bilan xoli, moneliksiz uchrashish huquqiga ega. Bu huquqdan imkon qadar dastlabki soatlarda foydalaning.

Maqola umumiy ma'lumot uchun. Aniq vaziyatingiz bo'yicha advokatga murojaat qiling.

Блог-пост отражает личное мнение адвоката и носит общий информационный характер. По конкретной ситуации проконсультируйтесь с адвокатом напрямую.
Все блог-постыОткрыть профиль адвоката →