Bosh sahifa/Advokatlar/Blog postlar
Advokat KeraK
Oila huquqi

FXDE orkali nikoxni bekor kilish tartibi!

Muallif: Mamurjon Yo‘ldashev25-okt, 202635
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 43-moddalariga muvofiq, nikohni Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari orqali bekor qilish quyidagi tartib va asoslarda amalga oshiriladi:⚖️

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42 va 43-moddalariga muvofiq, nikohni Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari orqali bekor qilish quyidagi tartib va asoslarda amalga oshiriladi: Umumiy asoslarga ko‘ra nikohni bekor qilish (Oila kodeksining 42-moddasi) FHDYo organi orqali oddiy tartibda ajrashish uchun quyidagi uchta shart bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lishi talab etiladi: Er-xotinning nikohdan ajrashishga o‘zaro roziligi. Ularning o‘rtasida voyaga yetmagan umumiy bolalari (shu jumladan asrab olingan bolalari) yo‘qligi. Er-xotin o‘rtasida mulkiy yoki boshqa nizoning mavjud emasligi. Bir tarafning talabi bilan nikohni bekor qilish (Oila kodeksining 43-moddasi) O‘rtada voyaga yetmagan bolalar borligidan yoki mulkiy nizo mavjudligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra quyidagi holatlarda nikoh FHDYo organida bekor qilinadi: Er yoki xotin sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa (sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida). Er yoki xotin ruhiy holati buzilgani (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa. Er yoki xotin sodir qilgan jinoyati uchun sud hukmi bilan uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.

Ushbu blog post advokatning shaxsiy fikri bo'lib, umumiy ma'lumot uchun. Aniq holat bo'yicha advokat bilan bevosita maslahatlashing.
Barcha blog postlarAdvokat profilini ochish →