Bosh sahifa/Advokatlar/Blog postlar
Advokat KeraK
Mehnat huquqi

Mehnat nizolari bo‘yicha daʼvo muddati tushunchasi.

Muallif: Shaxzod Mamaraximov22-noy, 20266
Mehnat nizolari bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati.

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 562-moddasi talabiga ko‘ra, Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi: ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran uch oy; xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan eʼtiboran bir yil; boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan eʼtiboran olti oy. Xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha, shuningdek xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat etish muddati belgilanmaydi. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sudga murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi. Yuqoridagi muddatlar xodim tomonidan asossiz o‘tkazib yuborilgan taqdirda agarda qarshi tomon daʼvo muddati o‘tib ketganligi sababli daʼvo arizasini rad qilishni suddan so‘rasa, sud daʼvo arizasi qanchalik asosli bo‘lmasin sudga murojaat qilish muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan deb hisoblasa, daʼvo arizani rad qilishi mumkin.

Ushbu blog post advokatning shaxsiy fikri bo'lib, umumiy ma'lumot uchun. Aniq holat bo'yicha advokat bilan bevosita maslahatlashing.
Barcha blog postlarAdvokat profilini ochish →