Haqorat qilishning huquqiy oqibatlari
☑️ Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlash uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
❕ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga ko‘ra, haqorat qilgan shaxsga 8 mln 800 ming so‘mdan 17 mln 600 ming so‘mgacha (BHMning 20–40 baravari) jarima solinadi.
⏩ Agar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil ichida shaxs yana haqorat qilsa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
🔰 Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, bunday shaxsga:
▫️ 88 mln so‘mgacha jarima; ▫️ 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ▫️ 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanishi mumkin.
🔰 Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdorga:
▫️ 88 mln so‘mdan 176 mln so‘mgacha jarima; ▫️ 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ▫️ 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanishi mumkin.
✅ Agar haqorat:
➖ jabrlanuvchining xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi bilan bog‘liq holda; ➖ xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa: ▫️ 176 mln so‘mdan 264 mln so‘mgacha jarima; ▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ▫️ 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.