Главная/Адвокаты/Блог-посты
Advokat KeraK
Уголовное право

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Автор: Шохрух Рахмонов24 окт. 202629
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
ЮO‘RQ–1180, 14.10.2026-y

🔰 Jinoiy javobgarlik:

🔹 O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish va unga nisbatan jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi; 🔹 Voyaga yetmaganga nisbatan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish, terrorizm va boshqa ko‘rsatilgan holatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi; 🔹 Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qilish qo‘llanilmaydi.

📝 Ma’muriy javobgarlik: ➖ Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan bolaning tarbiyasiga doir majburiyatlarini bajarmasa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi; ➖ Bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsuloti tarqatilganda, axborot mahsuloti musodara qilinib, uni tarqatgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solinadi; ➖ Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarning qarorlarini bajarmaslik yoki ularning ijrosiga to‘sqinlik qilish uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha jarima solinadi.

💼 Mehnat munosabatlari: ➖ Bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish majburiyati yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimi bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilsa, bu mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qo‘shimcha asos bo‘ladi.

⚖️ Himoya kafolatlari: ➖ Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi; ➖ Jinsiy zo‘ravonlikka oid ishlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchiga davlat hisobidan advokat ishtiroki ta’minlanadi.

📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Блог-пост отражает личное мнение адвоката и носит общий информационный характер. По конкретной ситуации проконсультируйтесь с адвокатом напрямую.
Все блог-постыОткрыть профиль адвоката →