kredit shartnomalari bo‘yicha kafil qachon majburiyatni bajarmasligi mumkin
kredit majburiyatlari bajarilmasa bank qarzdorlikni kafillik shartnomasi shartlariga ko‘ra kafilga talab qo‘yishi mumkin kafilning majburiyatlari chegarasi, majburiyatni paydo bo‘lish vaqti kafillik shartnomasi shartlaridan kelib chiqadi. kafillikning majburiyati kafillik shartnomasi shartlariga ko‘ra solidar yoki subsidiar bo‘lishi mumkin. Agar kafillik shartnomasida subsidiar javobgarlik belgilanmagan bo‘lsa Bank bir vaqtning o‘zida kredit to‘lovlarini ham qarzdor ham kafildan talab qilish huquqiga ega bo‘ldi. Subsidiar javobgarlikda bank avval asosiy qarzdorga talab qo‘yib, barcha undiruv choralarini ko‘rib bo‘lgandan so‘ng ham qarzdorlik qoplanmasa subsidiar kafilga talab bilan qo‘yish huquqiga ega bo‘ldai. Kafilning majburiyatlari chegarasi kafillik shartnomasida belgilangan summadan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Kafillikning majburyatlari kredit qarzdorligi to‘liq so‘ndirilganida, kafillik shartnomasi muddati tugaganida, asosiy majburiyat kafilning roziligisiz qiyin shartlarda o‘zgartirilganida, shartnoma haqiqiy emas deb topilganida va boshqa hollarda tugatiladi