MAST HOLDA RULGA O‘TIRISH — 3 YILGA HAYDOVCHILIK HUQUQIDAN AYRILISH!

⚖️ QANDAY JAZO BELGILANGAN?
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra:
🔴 1. Haydovchilik huquqiga ega shaxs:
3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi;
40 BHM miqdorida jarima to‘laydi.
🔴 2. Transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs:
50 BHM miqdorida jarima yoki
15 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin.
MUHIM!
Mastlik holatida boshqarish faqat alkogol bilan cheklanmaydi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’sirida transport vositasini boshqarish ham ushbu modda doirasida javobgarlikka sabab bo‘ladi.
⚖️ AGAR SIZGA NISBATAN 131-MODDA BO‘YICHA BAYONNOMA TUZILGAN BO‘LSA:
Huquqbuzarlik holatlari va dalillar qonuniyligini tekshiring.
Mastlik holatini aniqlash tartibiga rioya etilganligini o‘rganing.
Tibbiy tekshiruv va boshqa dalillarga huquqiy baho bering.
Ish materiallari bilan tanishib, o‘z e’tiroz va tushuntirishlaringizni bildiring.
Har bir ma’muriy ish o‘zining aniq holatlari asosida baholanishi kerak.