Bosh sahifa/Advokatlar/Blog postlar
Advokat KeraK
Ma'muriy huquq

TUHMAT UCHUN QONUNDA QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?

Muallif: Umidjon Maxmudov18-noy, 20266
TUHMAT UCHUN QONUNDA QANDAY JAVOBGARLIK BELGILANGAN?
Birov haqida bila turib yolg‘on ma’lumot tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini bilasizmi?

Bugungi kunda ayrim shaxslar boshqalarni obro‘sizlantirish, sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda, turli guruhlarda yoki boshqa vositalar orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqatmoqda.

Ammo bunday harakatlar qonun bilan taqiqlangan!

📌 Qonunda nima deyilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasiga muvofiq:

Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish —

BHMning 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗ Qanday harakatlar tuhmat hisoblanishi mumkin?

Quyidagi holatlar tegishli shartlar mavjud bo‘lganda tuhmat sifatida baholanishi mumkin:

🔹 Biror shaxsni sodir etmagan jinoyatda ayblab, yolg‘on ma’lumot tarqatish.

🔹 Shaxs haqida bila turib yolg‘on va obro‘sizlantiruvchi xabarlarni tarqatish.

🔹 Ijtimoiy tarmoqlarda boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni e’lon qilish.

🔹 Telegram guruhlari yoki boshqa platformalarda ataylab yolg‘on ma’lumot tarqatish.

Ushbu blog post advokatning shaxsiy fikri bo'lib, umumiy ma'lumot uchun. Aniq holat bo'yicha advokat bilan bevosita maslahatlashing.
Barcha blog postlarAdvokat profilini ochish →