Haqida
Assalomu alaykum, hurmatli kuzatuvchilar va hamkasblar! Professional faoliyatimdagi muhim o‘zgarish haqida bo‘lishmoqchiman. Sog‘lig‘im, oilam va davlat tashkilotidagi og‘ir ish rejimi (yozilmagan qoidalar) sababli Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Milliy markazdagi Bosh yuristkonsult lavozimimni tark etdim. Endilikda faoliyatimni mustaqil Advokat sifatida davom ettiraman. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mehnat inspektsiyasi va IIV tizimidagi ko‘p yillik boy tajribamga tayangan holda, quyidagi yo‘nalishlarda sifatli yuridik yordam ko‘rsataman: 💼 Mehnat huquqi (asosiy ixtisoslik): Xodimlarning buzilgan huquqlarini tiklash; ish beruvchilarga hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish; rahbar va buxgalterlarni noto‘g‘ri hisob-kitoblar tufayli asossiz javobgarlikdan himoya qilish. 🏢 Iqtisodiy va maʼmuriy ishlar: Tadbirkorlik subʼyektlari o‘rtasidagi shartnomaviy nizolar, shartnomalarni ekspertiza qilish va davlat organlarining qarorlari ustidan bahslar. ⚖️ Jinoyat ishlari: Surrishtiruv, tergov va sud bosqichlarida fuqarolar hamda mans