Uy buzilishi va kompensatsiya

Uy buzilishi va kompensatsiya bo’yicha advokat

Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilganda mulk egasi oldindan xabardor qilinishi va mulkining bozor qiymatiga mos kompensatsiya — pul yoki teng qiymatli uy-joy — olishi kerak. Amalda eng ko’p bahs baholash bo’yicha chiqadi: mulk qiymati past ko’rsatiladi, qo’shimcha imoratlar, ko’chirish xarajatlari va boy berilgan daromad hisobga olinmaydi. Kelishuv imzolangach uni o’zgartirish qiyin, shuning uchun advokat bilan imzodan OLDIN maslahatlashing.

Qanday holatlarda murojaat qilinadi

  • Uy-joy buzish (snos) ro’yxatiga tushdi — qanday harakat qilish kerak
  • Taklif qilingan kompensatsiya miqdori juda past
  • Mustaqil baholash va baholash hisobotiga e’tiroz
  • Ro’yxatdan o’tmagan imorat yoki ulush uchun kompensatsiya
  • Olib qo’yish to’g’risidagi qaror ustidan sudga shikoyat

Advokat qanday yordam beradi

  • Hujjatlaringizni tekshirib, ishning sudda qanday natija berishini baholaydi
  • Da'vo arizasi, e'tiroz va shikoyatlarni qonun talablariga muvofiq tayyorlaydi
  • Sudgacha kelishuv imkoniyatini izlaydi — bu ko’pincha arzonroq va tezroq
  • Fuqarolik yoki iqtisodiy sudda sizning nomingizdan vakillik qiladi
  • Sud qarori ijro etilishini nazorat qiladi

Uy buzilishi va kompensatsiya bo’yicha advokatlar

Tez-tez beriladigan savollar

Kompensatsiya miqdoriga rozi bo’lmasam nima bo’ladi?

Kelishuvni imzolashga majbur emassiz. Mustaqil baholash o’tkazib, o’z hisobotingiz bilan e’tiroz bildirishingiz, kelishuvga erishilmasa — nizoni sud orqali hal qilishingiz mumkin.

Pul o’rniga uy-joy talab qilsa bo’ladimi?

Qonun kompensatsiyani pul yoki teng qiymatli boshqa uy-joy shaklida berishni nazarda tutadi. Qaysi variant sizga foydaliroq ekanini advokat oila tarkibi va mulk qiymatidan kelib chiqib hisoblab beradi.

Hujjati to’liq bo’lmagan uy uchun ham kompensatsiya beriladimi?

Bu mulk huquqi qanday asosda paydo bo’lgani va qachon qurilganiga bog’liq. Ko’p holatlarda huquqni avval sud orqali tan oldirish kerak bo’ladi — buni buzishdan oldin qilish muhim.

Tegishli mavzular

Muammoingizni yozing

So'rovingizni qoldiring — mos advokatlar o'zlari bog'lanadi. Murojaat bepul.

So'rov yuborish