Advokatlar oylik reytingi — Noyabr 2026

“Eng kuchli advokat kim?” degan savolga yagona to'g'ri javob yo'q — kuchli advokat bu SIZNING ishingiz yo'nalishida tajribali va ishonch bildiruvchilariga o'z vaqtida yordam beradigan mutaxassis. Bu reyting har oy noldan boshlanadi va advokatlarni bir xil, ochiq qoidalar bilan taqqoslaydi: murojaatlarga tez va sifatli javob, ishonch bildiruvchilarning haqiqiy sharhlari, foydali blog postlar. Tanlov esa doim sizniki.

Oy yakuniga 7 kun qoldi

Joriy oy yetakchilari (TOP-20)

  1. 1Shuhrat XujamuratovQashqadaryo, KosonMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba★ 5.01280 ball
  2. 2Abdulaziz IkromovQashqadaryo, KosonMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba1245 ballshu oy: 1210 + bonus 35
  3. 3Doston AbdukaxorovSamarqand, Samarqand shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish3 yil tajriba1010 ball
  4. 4Alimardon BurhonovFarg'ona, Farg'ona shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba840 ball
  5. 5Umidjon MaxmudovAndijon, BaliqchiMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba835 ball
  6. 6Behzod ZiyodovToshkent viloyati, PiskentMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba★ 5.0835 ball
  7. 7Azamat OllaberganovToshkent shahri, YunusobodFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba780 ball
  8. 8Shoyadbek RasulovAndijon, Andijon shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish6 yil tajriba775 ball
  9. 9Oybek SulaymanovJizzax, Jizzax shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish2 yil tajriba★ 5.0770 ball
  10. 10Advokat Azizbek BoydedayevNamangan, Namangan shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba755 ball
  11. 11Dilshodbek NurumovToshkent shahri, YunusobodMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish2 yil tajriba730 ball
  12. 12Marjona HusniddinovnaSamarqand, Samarqand shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba730 ball
  13. 13Gulmira OlimovnaAndijon, Qo'rg'ontepaFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba★ 4.7725 ball
  14. 14Abbos ChorshanbievQashqadaryo, Qarshi shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba710 ball
  15. 15G‘ulomjon Yalg‘ashevNavoiy, Navoiy shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba★ 5.0690 ball
  16. 16Shohrux RaxmonovFarg'ona, Farg'ona shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish2 yil tajriba635 ball
  17. 17Tulanboy NasrdinovFarg'ona, Farg'ona shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish2 yil tajriba635 ball
  18. 18Rizamat SharipovBuxoro, Buxoro shahriFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba620 ball
  19. 19Ilhom MengniyozovSurxondaryo, Termiz shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishFuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish1 yil tajriba565 ball
  20. 20Ozodbek NematillayevAndijon, Andijon shahriMa'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish2 yil tajriba555 ball

Oktabr 2026 g'oliblari

Natijalar oy yakunida tekshirilib tasdiqlangan. G'oliblar keyingi oyga bonus ball oldi.

Respublika TOP-5

  1. 1Toxir AbramatovSurxondaryo, Termiz shahri265 ball
  2. 2Azizbek InoyevBuxoro, Buxoro shahri220 ball
  3. 3Baxtiyor AydaraliyevToshkent viloyati, Toshkent tumani205 ball
  4. 4Abdulaziz IkromovQashqadaryo, Koson195 ball
  5. 5Mehrobjon FayziyevSamarqand, Samarqand shahri170 ball

Ball qanday yig'iladi

Har oy barcha advokatlar noldan boshlaydi. Ball faqat platformadagi real faollik uchun avtomatik beriladi — formula hamma uchun bir xil, qo'lda “ko'tarish” yo'q.

  • So'rovlarga javobPlatforma yo'naltirgan so'rovga javob — 10 ball (har bir ishonch bildiruvchi uchun oyiga bir marta, ko'pi bilan 25 ta ishonch bildiruvchi). 1 soat ichida javob — yana +10, 4 soat ichida — +5; faol soatlardan tashqari vaqt (22:00–09:00) hisobga olinmaydi. Ishonch bildiruvchi javobdan keyin yana yozsa — +5. 24 soatdan kech berilgan javob ball olmaydi.
  • Javob berish ko'rsatkichiOy davomida kamida 5 ta so'rov yetkazilgan bo'lsa: ularning 80% va undan ko'piga 3 soatlik muddat ichida (faqat 09:00–22:00 oralig'ida sanaladi) javob — +40, 60% va undan ko'piga — +20. Advokat o'zi boshqa advokatga o'tkazgan so'rov javobsiz sanaladi; ishonch bildiruvchining murojaati va qo'ng'iroq so'rovi bitta so'rov hisoblanadi.
  • Murojaat navbat bilan bitta advokatgaPlatforma har bir murojaatni bir vaqtda faqat BITTA advokatga yuboradi: tuman ko'rsatilgan bo'lsa — avval shu tumandagi advokatlarga, so'ng viloyat markazidagi advokatlarga, keyin viloyatning qolgan advokatlariga birma-bir; tuman ko'rsatilmagan murojaat butun viloyat advokatlariga navbat bilan boradi. Murojaat viloyatdan tashqariga chiqmaydi; viloyat advokatlari aylanib chiqilsa, navbat boshidan qayta boshlanadi. Bir xil bosqichda navbatni javob berish ko'rsatkichi, ishonch bildiruvchilar bahosi va yuklamaning adolatli taqsimoti hal qiladi. Advokat 3 soat ichida javob bermasa (muddat faqat 09:00–22:00 oralig'ida sanaladi), murojaat avtomatik ravishda navbatdagi advokatga o'tadi.
  • Javobsizlik jarimasiMurojaat yetkazilgan, lekin 3 soat ichida javob berilmagan bo'lsa, advokatning oylik balidan 10 ball ayriladi. Ishonch bildiruvchining murojaati va qo'ng'iroq so'rovi birga yuradi — jarima ham bir marta. Advokat murojaatni sababini izohda yozib boshqa advokatga o'tkazishi mumkin — bunda ball ayrilmaydi.
  • To'g'ridan-to'g'ri murojaatlarIshonch bildiruvchi aynan sizni tanlab yuborgan so'rovga 48 soat ichida javob — +10 (oyiga ko'pi bilan 5 ta).
  • Ishonch bildiruvchilar sharhlariFaqat advokat javob bergan va yakunlangan murojaat bo'yicha sharh hisoblanadi — ishonch bildiruvchining o'zi yopgan yoki advokat «Ish hal bo'ldi» deb belgilagach 24 soat e'tirozsiz o'tib yopilgan: 5★ +40, 4★ +25, 3★ 0, 2★ −25, 1★ −50. 4–5★ sharhdagi kamida 20 belgili izoh — yana +5. 1–2★ sharh kamida 30 belgili izoh bilan hisoblanadi. Oyiga ko'pi bilan 5 ta ijobiy sharh hisoblanadi; salbiy sharhlar jami −100 dan pastga tushirmaydi.
  • Blog postlarYangi, avval e'lon qilinmagan blog post (kamida 650 belgi) — +15, oyiga ko'pi bilan 4 ta.
  • Preview videoProfilida taqdimot videosi (platformaning rasmiy YouTube kanalida) turgan advokatga har oy avtomatik +50.
  • VIP obunaPullik VIP obunasi oyning birorta kuni faol bo'lgan advokatga shu oyga bir marta +500. Bosh sahifadagi TOP-5 da kamida 2 nafar VIP advokat bo'ladi: ular reyting bo'yicha o'zi kirmagan bo'lsa, 4–5-o'ringa VIP advokatlar ichida eng ko'p ball to'plaganlari qo'yiladi. VIP kartalar «VIP» belgisi bilan ajratiladi.
  • G'oliblar va bonusOy yakunida respublika bo'yicha TOP-5 va har bir viloyatning TOP-3 g'oliblari aniqlanadi (viloyatda raqobatchilar kam bo'lsa, o'rinlar soni kamroq). G'olib bo'lish uchun: Telegram ulangan, o'z viloyatidagi kamida 3 ta turli ishonch bildiruvchiga javob berilgan va ball musbat bo'lishi kerak; viloyatini oy boshlangandan keyin o'zgartirgan advokat shu oy viloyat g'olibi bo'la olmaydi. G'oliblar keyingi oyga bonus oladi: respublika 1–5-o'rin — 100/75/50/35/20, viloyat 1–3-o'rin — 60/40/20 ball (ikkalasi qo'shiladi). Bonus keyingi oyda ishlagan sari ochiladi: hisobga o'tadigan bonus shu oy to'plangan balldan oshmaydi.

Ballar teng bo'lsa

Ballar teng bo'lsa, tartibni profil balli (litsenziya yo'nalishlari, tillar, profil to'liqligi, tajriba, barcha davrdagi sharhlar, ofis manzili, blog postlar), so'ng ishonch bildiruvchilarning o'rtacha bahosi hal qiladi.

Ko’p beriladigan savollar

Eng kuchli advokatni qanday tanlayman?

Reytingdagi o'ringa emas, uchta narsaga qarang: (1) yo'nalish — ishingiz jinoiy, fuqarolik yoki ma'muriy ekaniga mosligi; (2) shu yo'nalishdagi real tajriba va sharhlar; (3) muloqot — muammoingizni yozib, javobidan advokatning yondashuvini baholang. Murojaat bepul.

Oylik reyting qanday hisoblanadi?

Har oy ballar noldan boshlanadi. Ball platforma yo'naltirgan so'rovlarga tez va sifatli javob (har bir ishonch bildiruvchi uchun 10 balldan 25 ballgacha), ishonch bildiruvchilarning haqiqiy sharhlari, to'g'ridan-to'g'ri murojaatlar va yangi blog postlar uchun beriladi; muddatida javob berilmagan murojaat uchun ball ayriladi. Formula barcha advokatlar uchun bir xil va avtomatik hisoblanadi.

Advokat javob bermasa, murojaatim nima bo’ladi?

Murojaat bir vaqtda faqat bitta advokatga yuboriladi — tuman ko'rsatgan bo'lsangiz avval tumaningizdagi, so'ng viloyat markazidagi, keyin viloyatingizdagi boshqa advokatga. Advokat 3 soat ichida javob bermasa (09:00–22:00 oralig'ida), murojaat avtomatik ravishda navbatdagi advokatga o'tadi, javob bermagan advokatning oylik balidan esa 10 ball ayriladi. Advokat murojaatni sababini yozib boshqa advokatga o'tkazsa, murojaat darhol navbatdagi advokatga boradi. Qo'ng'iroq so'rovingiz ham murojaatingiz bilan birga shu advokatga yuboriladi.

Oy yakunida nima bo’ladi?

Oy tugagach natijalar tekshiriladi va bir necha kun ichida tasdiqlanadi. Respublika TOP-5 va viloyatlar TOP-3 g'oliblari shu sahifada e'lon qilinadi va keyingi oyga bonus ball oladi (respublika 1-o'rni — 100, viloyat 1-o'rni — 60 ball). Sinov oylarida g'oliblar e'lon qilinmaydi va bonus berilmaydi. Keyin yangi oy noldan boshlanadi.

Reytingda joy sotib olinadimi?

Pullik VIP obunasi oylik reytingga ochiq belgilangan +500 ball qo'shadi va bosh sahifadagi TOP-5 da 2 ta «VIP» belgili joy kafolatlanadi (yuqoridagi qoida) — bu hamma uchun bir xil va ochiq. Qolgan barcha ballar faqat yuqoridagi qoidalar bo'yicha avtomatik yig'iladi. Shubhali faollik (masalan, soxta sharhlar) ma'muriyat tomonidan hisobdan chiqariladi.

Reyting sud natijasini kafolatlaydimi?

Yo'q. Hech bir halol advokat sud natijasini kafolatlamaydi, reyting ham bunday kafolat emas. U faqat tanlashni osonlashtiradigan taqqoslash vositasi.

Reyting advokatkerak.uz platformasidagi faollik ma'lumotlari (so'rovlarga javoblar, sharhlar, blog postlar) asosida avtomatik tuziladi va rasmiy davlat reytingi hisoblanmaydi.