Huquqiy muammo paydo bo'lganda birinchi savol — "umuman advokat kerakmi va bu qancha turadi?" Advokatkerak.uz'da bu savolga javob olish bepul: muammoingizni yozasiz, litsenziyasi tasdiqlangan advokat profilini ko'rib, unga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilasiz. Platformada ro'yxatdan o'tish, advokat qidirish va birinchi murojaat uchun hech qanday to'lov yo'q — xizmat narxi esa faqat ishni yuritishga kelishilganda, advokatning o'zi bilan aniqlanadi.
Platformadan foydalanish — advokat qidirish, profil va sharhlarni ko'rish, muammoingizni yozib murojaat qilish — to'liq bepul. Ishni yuritish (sudda vakillik, hujjat tayyorlash) narxini advokat bilan to'g'ridan-to'g'ri kelishasiz.
Jinoyat ishlarida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining himoyachiga bo'lgan huquqi qonun bilan kafolatlangan — to'lovga qurbi yetmasa, advokat davlat hisobidan tayinlanadi. Fuqarolik ishlarida esa advokat xizmati odatda pullik, shuning uchun narxni oldindan kelishib olish muhim.
Murojaatingiz siz tanlagan tasdiqlangan advokatga boradi — u litsenziyasi tekshirilgan amaldagi advokat. Profilida tajribasi, yo'nalishi, reytingi va mijozlar sharhlari ko'rinib turadi.
So'rovingizni qoldiring — mos advokatlar o'zlari bog'lanadi. Murojaat bepul.
So'rov yuborish