Narxlar va to’lov
Platformadan foydalanish — ro'yxatdan o'tish, so'rov qoldirish va advokat bilan yozishish — ishonch bildiruvchi uchun bepul. To'lov faqat advokat bilan siz kelishgan xizmat uchun va to'g'ridan-to'g'ri advokatga amalga oshiriladi.
Platforma nimani bepul beradi
- Ro’yxatdan o’tish va profil yaratish
- Muammo bo’yicha so’rov qoldirish va uni mos advokatga yuborish
- Advokatlar bilan sayt ichida yozishish
- Advokat profilini, tajribasi va sharhlarini ko’rish
- Javoblar haqida Telegram bot orqali darhol xabar olish
Advokat xizmati narxi nimaga bog’liq
Yagona narx yo'q va bo'lishi ham mumkin emas: har bir ish o'z murakkabligiga ega. Narxga odatda quyidagilar ta'sir qiladi:
- Ish toifasi — jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy
- Bosqich — faqat maslahatmi yoki sudda to’liq vakillikmi
- Sud instansiyalari soni (birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya)
- Hujjatlar hajmi va ekspertiza zarurati
- Advokatning tajribasi va viloyati
To’lov shakllari
Amaliyotda uch xil shakl uchraydi: bir martalik maslahat uchun qat'iy summa; butun ish bo'yicha kelishilgan summa; hamda ish natijasiga bog'liq qo'shimcha haq. Qaysi shakl qo'llanishi advokat bilan yozma shartnomada belgilanadi.
Muhim: to'lovni har doim yozma shartnoma asosida amalga oshiring. Shartnomada xizmat hajmi, muddat va haq aniq ko'rsatilishi kerak.
Advokatlar uchun obuna
Ishonch bildiruvchilar murojaatlarini qabul qilish advokatlar uchun yagona oylik obuna asosida ishlaydi. Obuna faqat litsenziyasi tasdiqlangan advokatlarga beriladi.
- 2026-yil 14-noyabrdan 31-dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan advokatlar uchun — litsenziya tasdiqlangandan keyin 30 kun bepul
- 2026-yil 11-oktabrdan 13-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan advokatlar uchun — litsenziya tasdiqlangandan keyin 90 kun bepul
- Bepul muddatdan keyin — oyiga 99 000 so‘m
- 2027-yil 1-yanvardan ro‘yxatdan o‘tganlar uchun bepul muddat yo‘q — oyiga 99 000 so‘m
- 2026-yil 11-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan advokatlar uchun obuna 2027-yil 1-martgacha bepul
Platformaning pullik xizmatlari
To‘lov Rahmat to‘lov xizmati orqali qabul qilinadi (Uzcard, Humo, Visa, Mastercard), har bir to‘lov uchun elektron fiskal chek beriladi. To‘lov tizimi ishga tushgunicha Platformadan foydalanish uchun haq olinmaydi. To‘liq shartlar va pulni qaytarish tartibi — Ommaviy ofertaning 4-bo‘limida.
- Advokat obunasi, Standart tarif — 30 kun uchun 99 000 so‘m
- Advokat obunasi, VIP tarif — 30 kun uchun 250 000 so‘m
- Obuna tugaganidan keyin 31–60 kunda tiklash — obuna narxiga +50 000 so‘m, 61–90 kunda — +100 000 so‘m (profil ma’lumotlarini saqlash haqi)
- «Barcha advokatlarga» xizmati (ishonch bildiruvchi uchun, ixtiyoriy) — 25 000 so‘m
Saytdan foydalanish chindan bepulmi?
Ha. Ishonch bildiruvchi uchun ro'yxatdan o'tish, so'rov yuborish va advokatlar bilan yozishish bepul. Biz ishonch bildiruvchidan komissiya olmaymiz. Faqat ixtiyoriy «Barcha advokatlarga» xizmati to‘lov tizimi ishga tushgach 25 000 so‘m turadi.
To’lovni platforma orqali qilamanmi?
Yo'q. Advokat xizmati uchun to'lov to'g'ridan-to'g'ri advokat bilan amalga oshiriladi, platforma bu hisob-kitobda ishtirok etmaydi. Platforma orqali faqat uning o'z pullik xizmatlari (advokat obunasi va «Barcha advokatlarga») Rahmat orqali to'lanadi.
Advokat uchun obuna qancha turadi?
2026-yil 14-noyabrdan 31-dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan advokatlar uchun litsenziya tasdiqlangandan keyin 30 kun bepul, keyin oyiga 99 000 so‘m (11-oktabrdan 13-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tganlarga — 90 kun). 2027-yil 1-yanvardan ro‘yxatdan o‘tganlar birinchi oydan to‘laydi. 2026-yil 11-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan advokatlar uchun obuna 2027-yil 1-martgacha bepul.
Platforma operatori: YaTT Mamatqulova D. U. · № 8098131, 31.10.2026